Qayd etilishicha, Departamentning Kegeyli, Moʻynoq va Boʻzatov tumanlari boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar R.D., M.A. va I.J. oʻzlarining xonadonlarida umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 588,2 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Departamentning Bekobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.T.” fermer xoʻjaligi rahbari D.N. tijorat maqsadida tomchilatib sugʻorish uskunalarini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 176,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Zangiota tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.O. “Namuna” MFY hududidagi issiqxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 168,4 soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar S.B. va X.J. umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda koʻchma doʻkonlarida tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulanib, jami 102,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.