“Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2022-yil yakuni va 2023-yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan ishlar bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarini tanishtirish maqsadida suv inshootlari va laboratoriyalarda press-tur va press konferensiya tadbirlari tashkil etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi uchun ichimlik suv taʼminotini yaxshilash borasida soʻngi yillari juda katta amaliy ishlar bajarilmoqda. Bugungi kunda aholini ichimlik suv bilan taʼminlash darajasi 70,5 % ni quramoqda. Joriy yil Qoraqalpogʻistonda loyiha qiymati 211,8 milliard soʻm mablagʻ evaziga jami uzunligi 383,8 km ichimlik va oqava suv tarmoqlari, 24 ta suv inshootlarida qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabr kungi «2022-2023-yillarda mahallalar infrastrukturasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq loyiha bahosi 100,4 milliard soʻm mablagʻ hisobiga 69 ta loyihada jami 342,6 km ichimlik suv tarmoqlari va 17 ta suv inshootlarida qurilish va taʼmirlash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida 5473 xonadon suv tarmoqlariga ulanib, suv hisoblagichlar bepul oʻrnatib berilgan. Bugungi kunga kelib 51,8 milliard soʻmlik ishlar amalga oshirilib, 34 ta qurilish ishlari yakunlangan.
- Nukus shahri aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida 74,9 milliard mablagʻ evaziga “Nukus” suv tozalash inshootini taʼmirlashning ikkinchi bosqichi, yaʼni quvvati sutkasiga 65 ming m3 dan 95 ming m3 ga yetkazish loyihasi boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda, -deydi Nukus shahri suv tozalash tarmogʻi boshligʻi Azamat Bekturdiyev.
Press tur ishtirokchilar inshootlardagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Shuningdek bugungi kunda laboratoriyalarda olib borayotgan ishlarning jarayonini tomosha qilishdi va oʻzlari qiziqqan savollarga javoblar oldi. Tashkil etilgan press-tur, press konferensiya bilan yakunlandi.