Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boʻlimi va “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Reyd tadbirida Chimboy tuman “Qosterek” OFYda yashovchi fuqarolar A.A, A.T va B.M hamda Qoraoʻzak tumani “Quralpa” OFYda yashovchi fuqaro U.B tomonidan Qoraoʻzak tumanida joylashgan KS-3 kollektoridan toʻr yordamida 82 dona zogʻorabaliq, 168 dona leshch va 1 dona oq amur, 1 dona ilonbosh baliqlarini ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 40 470 000 soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.
Toʻplangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.