Toshkent viloyatida brakonyer qoʻlga tushdi

    Toshkent viloyatida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tekshirilganda uning yukxonasida yovvoyi turdagi noqonuniy ovlangan hayvonlar borligi aniqlandi.

    Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda mashina yukxonasida noqonuniy ovlangan yovvoyi turdagi 2 (ikki) bosh boʻrsiq, 1 bosh oʻrdak, 4 bosh qirgʻovul hayvonlari borligi aniqlandi.

    Huquqbuzar bilan tushuntirish ishlari oʻtkazilganda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani “Hamzaobod“ MFY Markaziy koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.A. ekanligi va ov qilish uchun ruxsatnomasiga ega emasligi aniqlandi.

    Hozirda holat boʻyicha MJtKning 90-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu holat boʻyicha kerakli hujjatlarlar sud organlariga yuborish choralari koʻrilmoqda.