Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida 2023 yil 15 iyuldan 16 iyul o‘tar kechasi tungi soat 01:00 larda Navbahor tumani “Sovungar” mahallasida yashovchi fuqarolar  tomonidan “Sovungar” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi zovurdan  4 nafar noma’lum fuqarolar noqonuniy ravishda elektr qarmoq yordamida baliq ovlab yurganligi va ushbu fuqarolar  voqea joyidan qochib ketganligi holati yuzasidan profilaktika inspektorlariga murojaat qilganligi aniqlandi.

Hozirda tuman IIB xodimlari tomonidan  noqonuniy ravishda baliq ovlagan fuqarolarni shaxsiga aniqlik kiritish va qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar to‘planmoqda.

Huquqbuzarlardan 2 dona rezina qayiq, 2 dona qo‘lbola yasalgan tokni kuchaytirish elektr qarmoq, 2 dona to‘rli ilmoq va 4 dona akkumulyatorlar ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yildi.

O‘rganish ishlari yakuni bilan ma’lumot beriladi, — deyiladi bayonotda.