Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Ekologiya qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining oltin koʻprik hududida oʻtkazilgan reyd tadbirida, fuqarolar M.F. va I.S. hech qanday ruxsatnomasiz baliq ovlayotganliklari aniqlanib, 1 065 bosh “Qizilkoʻz” (Vobla) baliqlari, umumiy uzunligi 1 750 metr boʻlgan 25 dona toʻr va boshqa taqiqlangan ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.