Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o'zgarib, 8 foizga ko'payganidan dalolat beradi.
2022-yil yanvar oyida barcha turdagi faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar soni 2021-yilning dekabr oyiga (573 ming 511 birlik) nisbatan 4403 taga ko'payib, 577 ming 914 birlikni tashkil etgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni esa 12 taga oshgan
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 462 ming 834 tadan 467 ming 096 taga oshgan (o'sish 4262 ta). Fermer xo'jaliklari soni 107 ming 622 tadan 107 ming 698 taga (o'sish 129 ta) ortgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan sub'ektlar soni 3067 tani tashkil etib, 2021-yilning dekabr oyiga nisbatan 12 taga ko'paygan.