Holat yuzasidan Ellikqalʼa tumani hokimligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tuman prokuraturasi va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan.

5-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 2023-yil 13-aprel kuni “Tabassum NUKUS” MCHJ tomonidan 267 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlari maktab ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan. Holat yuzasidan ekspertiza xulosasini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlari namunasi Qoraqalpogʻiston Davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan.

“Tahlil natijalari chiqqandan soʻng qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, - deyiladi xabarda.