Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga koʻra, universitet talabasi Nargiza Baltabayevaning ilmiy ishlari, qoʻlga kiritgan natijalari hisobga olingan holda I oʻringa munosib deb topildi. Nargiza “MDHning eng yaxshi talabasi-2020” yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi. 

Talaba shu kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boʻlgan.

Loyiha doirasida MDH mamlakatlari oliy taʼlim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning gʻoliblari boʻlgan talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi “Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi.