Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda yurtimizda 2330 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelayotgan boʻlsa, ularning 2110 dan ziyodini masjidlar tashkil qiladi.

Kuni kecha Qoraqapogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi “Salmen iyshan” jomeʼ masjidi roʻyxatdan oʻtkazilib, Qoraqapogʻiston Respublikasidagi masjidlar soni 63 taga yetdi, deb yozadi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi. Bu esa Oʻzbekiston musulmonlariga munosib tuhfa boʻldi.

Mazkur masjid Nukus shahri “Qum ovul” MFYda joylashgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 200 namozxonni qabul qilish imkoniyatiga ega.