Gidrometeorolog, Doktorant(phd) E. Abdulahatovning taʼkidlashicha, kulayotgan Qoʻyosh undagi siklik chaqnashlar faollashayotganini bildiradi. Chaqnashlardan ajralib chiqayotgan plazma yerda magnit boʻronlar faolligini oshiradi.
Mutaxassisning yozishicha, 30-31-oktyabr kunduz kunlari respublika hududlarida 4 ballik magnit boʻron xavfi eʼlon qilingan boʻlib, bu yuqori darajali xavf emas, ammo koʻpchilik oʻzida uning taʼsirini bilinar bilinmas his qilib turadi.
Darvoqe, 30 va 31-oktyabr kunlari hududlarga past bosimli havo oqimi ham kirib kelmoqda. Bu siklonik jarayon boʻlib, atmosfera bosimi pasayishiga olib keladi.
Siklon taʼsiriga eng sezgir kishilar bular qon bosimi, nafas olish tizimining buzilishi, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlardir.
Siklon yuqoridagi kasalliklarga ega bemor inson tanasiga salbiy taʼsirning asosiy koʻrinishlari: nafas olish qiyinlashishi, nafas qisilishi, havoning yetishmasligi va umumiy zaiflilik. Bular tabiiy muhitda siklon paytida nam havo hisobiga kislorod miqdorining biroz pasayishi, yetishmasligi tufayli yuzaga keladi.
Koʻpincha, siklon paytida bemor odamlarning intakranial bosimi koʻtariladi, natijada, ogʻir migren (nerv-asab kasallik) boshlanadi. Bundan tashqari, atmosfera bosimi keskin pasayganda sogʻlom kishilarda ham baʼzan oshqazon va ichakning notoʻgʻri ishlashi kuzatilgan (bizda atmosfera bosimining keskin pasayish prognozlari yoʻq)
Siklon paytida qon bosimini doimiy kuzatib turish kerak. Bu paytda sizga koʻp miqdorda suv ichish, yengil dush, tinch va koʻproq uyqu, shuningdek, ertalab kofe ichishga urgʻu berish tavsiya etiladi.
Atmosfera bosimi past boʻlgan davrlarda umumiy salomatlikka eʼtibor berish uchun limon oʻtlari yoki ginseng (jenshen) damlamasini ichish mumkin.
Siklon Oʻzbekistonda koʻp muddat kuzatilmaydi. Davomiyligi nisbatan kam boʻladi. Lekin juda kam hollarda ayrim keng masshtabi siklon oqimida davomiylik bir sutkaga boradi.