Xususan, joriy yilning 28-fevral holatiga respublikamiz boʻyicha jami 7 240 ta korxonada 728,8 mlrd. soʻmlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summalariga aniqlik kiritish boʻyicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.

Natijada:

– 7 120 ta, yaʼni 98,4 korxonada (728,8 mlrd. soʻm) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;

– Shundan 103 ta tashkilotda (13,5 mlrd. soʻm) QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;

– 116, yaʼni nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 1,6 foiz soliq toʻlovchilar tomonidan 18,6 mlrd. soʻmlik QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olganligi holatlari boʻyicha asoslovchi xujjatlar taqdim etildi.

Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tezkor jarayonlar boshlandi.

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd. soʻmlik soliqlar qoʻshimcha hisoblandi.

Murojaatlarni koʻrib chiqish davom etmoqda.