Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqti maʼlum qilindi

    Ijtimoiy hayot 6 Iyul 2022 2434

    Yurtimiz jome masjidlarida 2022-yil 9-iyul shanba kuni Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum boʻldi.

    Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar berdi.

    Unga koʻra, Toshkent shahri masjidlarida shu yil 9-iyul shanba kuni ertalab soat 05:20 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

    Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan soʻng oʻqiladi.