“Qurbonlik–2021” tadbirlari rejasiga asosan joriy yilning 20, 21 va 22-iyul kunlari “Vaqf” fondining barcha hududiy filiallari tomonidan xayriya tadbirlari tashkil etildi.

“Vaqf” fondining markaziy apparati tomonidan Toshkent shahridagi 21 va 23-sonli Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga jami

11 326 000 soʻmlik 280 dona bayram sovgʻasi xayriya qilindi.

“Vaqf” fondi tomonidan homiylar va hamkorlarni jalb etgan holda 504 million soʻm mablagʻ ajratildi va ushbu mablagʻ hisobidan respublika boʻylab jami 36 dona qoramol qurbonlik qilinib, 7545 kg goʻsht ulashildi. Shuningdek, Fondning hududiy filiallari tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda 2 ta qoramol va 35 ta qoʻy qurbonlik qilinib, 1716 kg goʻsht tarqatildi. Qurbon hayiti munosabati bilan filiallar tomonidan jalb qilgan xayriyalar, jumladan qurbonliklar va oziq-ovqat mahsulotlari miqdori jami 197 938 000 soʻmni tashkil etdi.

Umumiy hisobda “Vaqf” fondi hamda uning hududiy filiallari tomonidan respublika boʻyicha 38 ta qoramol va 35 ta qoʻy soʻyilib, nochor, ijtimoiy koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor boʻlgan va bemor hamyurtlarimiz uchun jami 9216 kg qurbonlik goʻshti xayriya qilindi.

Tadbirlar davomida respublika miqyosida 4167 nafar kam taʼminlangan oila, boquvchisini yoʻqotgan va yolgʻiz keksa fuqarolarga jami 644 455 297 soʻmlik hamda 23 ta “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizga 68 808 623 soʻmlik ehson, umumiy hisobda “Qurbonlik–2021” tadbiri doirasida 713 264 000 soʻmlik ehsonlar qilindi.