Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-avgust holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori qurilish korxonalari 963 ta, ularning jami qarzi 1 136,2 mlrd soʻm. Shundan 428,1 mlrd soʻmi, yaʼni 37,7 %i soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari – TOP-3 taligi:

— Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI – 404,9 mlrd soʻm;

— Toshkent shahri – 310,8 mlrd soʻm;

— Andijon viloyati – 81,9 mlrd soʻm.