2019-2021-yillarda 10 ta yoʻnalish boʻyicha 50 ga yaqin innovatsion loyiha Uyushma qoshidagi Ilmiy-texnikaviy kengashda koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra umumiy moliyaviy hajmi 14,1 mlrd soʻmlik 10 ta innovatsion loyiha ilmiy-texnikaviy kengashda ijobiy baholanib, moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Bugungi kunda, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish boʻyicha dolzarb yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Yogʻoch qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirish;
Yer osti konstruksiyalari uchun ionogen tabiatli qoʻshimchali samarali korroziyaga chidamli beton tarkibini loyihalash va xossalarini optimallashtirish;
Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida raqobatbardosh oʻrama materiallar olish texnologiyasi;
Oʻsimlik polimerlari va uning asosida kompozitsion materiallar olish texnologiyasi;
Minerallashgan quvur, fiting, panel va pol qoplamalari ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasini yaratish;
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish kabi ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha taqdimotlar tashkil etilib, Uyushmaning koʻp yillik tajribaga va salohiyatga ega boʻlgan mutaxassislari tomonidan tegishli xulosalar taqdim etildi.