Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Doʻstlik” MFYda qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi bugungi oʻrganishlar natijasida ayrim uy-joylarning devor monolitlari notekis terilgani, qurilish maydoni hududi chiqindilardan tozalanmagani maʼlum boʻldi.
Bu 2022-yilning iyun oyidan qurilishi boshlangan, 420 ta xonadonli 18 ta uy-joylarga ega massivdagi normalarga amal qilmaslik bilan bogʻliq birinchi holat emas.
Soʻnggi 5 oyda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi boʻyicha olib borilgan tekshiruvlar natijasida uy-joylarning:
-
-
- tashqi pardozlash ishlari sifatsiz bajarilganligi;
- devor yuza qatlamlari notekis qilinganligi;
- devor burchaklarida bir toʻgʻri chiziqlik taʼminlanmaganligi;
- 11-sonli uyning poydevor armokarkaslari himoya qatlami 50 mm fiksatorlar bilan taʼminlanmasdan, amalda turli xil oʻlchamdagi tabiiy toshlardan foydalanilgan holda karkas oʻrnatish ishlari bajarilganligi aniqlangan.
-
Bu boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olingan. Qurilish ishlari boshlangandan beri massivda 16-marta tekshiruvlar oʻtkazilgan boʻlsa, kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli inspeksiya tomonidan 3-marta MJtKning 99-moddasiga asosan maʼmuriy ish hujjatlari tayyorlanib, sudlarga oshirilgan.
Qurilish vazirligi masʼullaridan iborat tezkor guruhning nazorat safarlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom etadi.