Qush ovlovchilarga chora koʻrildi

    60 ta saʼva qush shu kuning oʻzida davlat inspektorlar tomonidan tabiatga qoʻyib yuborildi.

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Reyd tadbirida Angren shahrining “Jigariston” mahallasi hududida 8 nafar fuqaro toʻr yordamida noqonuniy ravishda yovvoyi chumchuqsimonlar oilasiga mansub boʻlgan saʼvalarni ovlayotganligi maʼlum boʻldi.

    Oʻrganishlar davomida 60 dona saʼva qushlari va noqonuniy ov qurollari (toʻrlar) dalolatnoma asosida olib qoʻyilib, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 8 nafar fuqaroning har biriga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining 90-modda, 1-qismi bilan har biriga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarima qoʻllanildi.

    60 dona saʼva qush shu kuning oʻzida davlat inspektorlar tomonidan tabiatga qoʻyib yuborildi.