Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

    Energetika 15 Iyun 2023 2293

    Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023-y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

    Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023-y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi:

    Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan;

    Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan;

    Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan.

    Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.

    Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

    • Investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;
    • Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullanadi.

    Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi.