Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023-y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi:

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan;

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan;

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi. 

Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

  • Investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;
  • Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullanadi.

Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi.