Quyosh stansiyasi zavodga nima beradi?

    Muborak gazni qayta ishlash zavodiga joriy yilda umumiy quvvati 600 kVt boʻlgan quyosh fotoelektrik stansiyalarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

    Ushbu quyosh stansiyalari hisobiga zavodda yiliga 1,6 mln. kVt/soat elektr energiyasini tejashga erishiladi.

    Ayni paytda pudratchi korxona – “SUN – HIGTECH” MCHJ tomonidan zavodning kapital qurilish binosiga 50 kVt quvvatli quyosh panellari oʻrnatildi.

    Bundan tashqari, binolar 200 litr hajmdagi 5 dona quyosh suv qizdirgichlari bilan taʼminlandi.