U Dinkinesh asteroidi yonidan uchib o'tib, uning tabiiy yo'ldoshi borligini aniqladi.
Olimlar ikkita koinot obyektning aniq tasvirini olishga muvaffaq bo'lishdi.
Suratlar 1-noyabr kuni taxminan 430 kilometr masofadan olingan. Qurilmaning tezligi soniyasiga 4,5 kilometrga yetadi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, kattaroq asteroidning dimetri 790, kichikroq osmon jismining diametri esa 220 metrni tashkil etadi.
Asteroidni kuzatish olimlarga “Lyusi” kuzatuv tizimini sinab ko'rish imkonini berdi. Natijalar qurilma katta tezlikda o'tib ketayotgan murakkab obyektlarni suratga olishga qodirligini ko'rsatdi, deb xabar beradi mir24.tv.