Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda: tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi-yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Holbuki, sobiq mustabid tuzum davrida “tepa”dan buyruq bo'lmasa, bir qadam bosishga ham haqqimiz yo'q edi. Ahvol shu darajaga etib borgan ediki, uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi. Maktab bolalarini ham paxtaga haydadik. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov o'z davrida chuqur dard va iztirob bilan “Million egatlarga sochilgan o'zbek”, deb yozganidek, yuz yil egilib paxta terdik.

YAqin-yaqingacha har yili taxminan 6-7 million odam paxta terimiga majburan safarbar etilardi. Mana, uch yildan buyon ular bu mashaqqatdan qutuldi...”

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning o'tgan yil 17 avgustda “YAngi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda aytgan bu fikrlari zamirida nechog'lik xalq dardiga darddoshlik va kuchli siyosiy iroda mujassamligini bugungi kunda yanada teranroq his qilib turibmiz.

KATTA IMKONIYAT VA YANGI BOZORLAR

Haqiqatan, uzoq yillar davomida o'qituvchilar bolalarni o'qitish,  tibbiyot xodimlari bemorlarni davolash, boshqa ijtimoiy soha vakillari zimmasidagi vazifalarni bajarish o'rniga oylab paxta terishga majbur edi. Nainki, ular, yurtimizdagi korxona yoki tashkilotda ishlaydigan rahbar va mutaxassis borki, o'z ishlarni chekkaga surib, yuklatilgan paxta rejasini bajarish tashvishi bilan band bo'lardi.

Zamondosh shoirimiz Sirojiddin Sayyid aytganidek,

“Butun fikru xayollar  paxta,

Labimizda qotib qolgan savollar paxta”, edi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xo'jaligi va to'qimachilik sanoati sohalarini tubdan yangilash, eng avvalo, odamlarni rozi qilish, ular uchun munosib hayot sharoitini yaratish islohotlar amalda o'z samarasi ko'rsatyapti.  Bu xalqaro miqyosda ham keng e'tirof etilyapti.

Ma'lumki, “Cotton Campaing” xalqaro koalitsiyasi 10 yil avval paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanganlik uchun O'zbekiston to'qimachilik mahsulotiga nisbatan boykot e'lon qilgan edi. Uning olib tashlanishiga “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston forumi” hisobotining asosiy xulosalari sabab bo'ldi. Hisobotda 2021 yilgi paxta terimi davrida tizimli majburiy mehnatga yo'l qo'yilmagani qayd etiladi.

 “Cotton Campaign” shu yilmart oyi boshida O'zbekiston Respublikasida etishtirilgan paxtaga nisbatan global boykotini bekor qilgani, shubhasiz, mamlakatimiz paxta-to'qimachilik sanoatini dunyoning eng jozibador tarmoqlaridan biriga aylanishiga keng yo'l ochib beradi. C&A, Gap, H&M, Levi Strauss&Co, Tesco, Walmart singari 331 ta brend va riteyllarni o'z ichiga olgan ushbu tashkilot endilikda O'zbekiston hukumatini fuqarolik jamiyati uchun maydon ochish va mas'uliyatli etkazib beruvchilar uchun zarur bo'lgan qulay sharoitlarni yaratishga da'vat etmoqda.

Prezidentimiz 11 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida  shu vaqtgacha rangi oq bo'lgan, lekin shu vaqtgacha “qora” ro'yxatda bo'lgan paxtamizga boykotning bekor qilinishi tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlarni alohida qayd etdi.

“So'nggi besh yilda qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, “Cotton Campaign” kuni-kecha O'zbekistonni “qora ro'yxati”dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani. Buning hisobiga iste'mol mahsulotlarining xomashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo'shimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo'ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

SHu maqsadda xomashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga joriy yilning aprel` oyidan boshlab, eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.

Loyihalar doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to'lovlari ta'minoti talab etilmaydi.  Ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqarib, bu yo'nalishda bir yil davomida ishlab kelayotganlarga ruxsatnoma har bir shartnomaga emas, balki butun korxona faoliyatiga beriladi.Bundan tashqari, olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari ham undirilmaydi.

Xalqaro mehnat tashkiloti ham 1 mart kuni O'zbekiston 2021 yilda paxtachilikda majburiy va bolalar mehnatini chiqarib ishlab chiqarish jarayonidan chiqarib tashlashga muvaffaq bo'lganini ma'lum qildi. endilikda kompaniyalarning o'zlari mehnat huquqlariga amal qilinishini baholab, O'zbekistondagi xaridlarga nisbatan qaror qabul qiladi.

KLASTERLAR — ETAKCHI KUCH

Mamlakatimiz aholisining aksariyat qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Demak, O'zbekistonda bandlik va daromadlarning o'sishi qishloq xo'jaligi tarmog'ining samarali rivojlanishi bilan ham chambarchas

bog'liq. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish vazifalari to'qqizta strategik ustuvor yo'nalishni qamrab olgan “O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi”da belgilangan.

So'nggi yillarni qishloq xo'jaligida mislsiz islohotlar davri deb atash mumkin. Soha tubdan modernizatsiya qilinib, unga bozor tamoyillari tatbiq etildi. 2017 yilda respublikamizda etishtiriladigan yalpi paxta hosilining bor-yo'g'i 0,9 foizi klasterlar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2021 yildan e'tiboran paxta xomashyosi 100 foiz paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan etishtirildi.

O'z navbatida, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik xususiyat kasb etyapti. Masalan, 2017 yildan buyon qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 1,5 barobar, kishi boshiga esa 1,4 barobar oshdi. O'simlikshunoslik mahsulotlari 1,3 barobar, chorvachilik mahsulotlari – 1,7 barobar o'sdi.

Ahamiyatlisi, so'nggi yillarda qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan birga ularni qayta ishlash va aholiga xizmat ko'rsatish bilan ham shug'ullanayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari soni ikki baravar ko'paydi. Bu, o'z navbatida, chekka qishloqlarda yuz minglab yangi ish o'rinlarini tashkil qilish imkonini beradi.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning yana bir  strategik  ustuvor yo'nalishi davlatning rolini kamaytirish va xususiy sarmoyadorlar uchun sektorning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishdan iborat bo'ldi. SHu jihatdan, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlashga qaratilgan boshoqli don interventsiyasini amalga oshirish uchun kerakli bo'lgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan to'liq voz kechish muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo'jaligiga subsidiyalar yordamida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sur'atlarining oshirilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Prezidentimizning 2020 yil 11 dekabrdagi tegishli qarori doirasida tomchilatib sug'orish texnologiyalari asosida, jumladan, paxta dalalarida ham tejamkor sug'orish tizimlarini joriy qilish vazifalari belgilandi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 1,5 trillion so'm miqdorida davlat subsidiyalari ajratildi.

 Davlatimiz rahbarining 2022 yil 1 martdagi qaroriga asosan, joriy yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinishi belgilangan. Xususan, 230 ming gektar, shu jumladan, 160 ming gektar paxta xomashyosi etishtiriladigan maydonlarda tomchilatib, 28 ming gektarga yomg'irlatib, 2 ming gektar qishloq xo'jaligi ekin maydonlarida diskretli sug'orish tizimlarini joriy qilish, 218 ming gektar ekin maydonlarini lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etish ko'zda tutilgan.

Ko'rilayotgan chora-tadbirlar O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida modernizatsiya qilish jarayonlari keng ko'lam kasb etib borayotganligini yaqqol namoyon etadi.

eKSPORT SALOHIYATI VA XALQARO BOZOR TALABLARI  

 

O'zbekistonda etishtirilayotgan paxtaning asosiy qismi mahalliy korxonalarda qayta ishlanishi tufayli qishloq xo'jaligi sohasida  raqobat kuchaydi. Bugungi kunda bu ko'rsatkich qariyb 60 foizni tashkil etadi. Mamlakatimiz oldida esa, mavjud fabrika va zavodlarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hisobiga ip-kalava, to'qimachilik va yog'-moy eksportini oshirgan holda, paxtani o'zimizda qayta ishlashni 75 foizgacha oshirish vazifasi turibdi. Ayni paytda O'zbekiston o'z paxta tolasini 100 foiz qayta ishlash quvvatiga ega bo'lyapti.

SHu bilan birga, hosilni yig'ib olish va qayta ishlashda mexanizatsiyalashni oshirish ishlari boshlab yuborildi. Bu tayyor mahsulotdan ko'proq daromad olish va mamlakatimizda qo'shimcha ish o'rinlarini  yaratish imkonini beradi. Ichki borzorning sifatli mahsulot bilan ta'minlanishi mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishga zamin yaratadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, o'zbek paxtasiga boykotning bekor qilinishi ishlab chiqarilgan to'qimachilik mahsulotlari eksportining umumiy hajmini ikki baravar oshirishi,  kelajakda bu erda jahonning etakchi brendlaridan kiyim-kechak ishlab chiqaradigan fabrikalar paydo bo'lishiga keng sharoit yaratadi.

Alohida qayd etish joizki, “Cotton Campaign” boshqaruv qo'mitasi va GLJ-ILRF Majburiy mehnat dasturi vakillari, endilikda O'zbekistonda etkazib beruvchilar va brendlar mehnat amaliyotida haqiqiy shaffoflikka ega bo'lgan hamda mehnatkashlarning huquqlari uchun sarmoya kirita oladigan va yuksak mehnat standartlarini qo'llab-quvvatlaydigan etkazib berish zanjirining yangi turini yaratish imkoniyati paydo bo'lganini ma'lum qildi.

Mamlakatimiz paxtasiga nisbatan  boykotning bekor qilinishi jahondagi to'qimachilik sanoati korxonalarining O'zbekiston bozoriga kirishiga imkon bersa, boshqa tomondan, respublikamizda yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, qishloq xo'jaligi sohasiga xalqaro stadartlarni joriy qilish, to'qimachilik mahsulotlari eksportini oshirish va ushbu sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi. endi O'zbekiston to'qimachilik va tikuvchilik tarmoqlariga yangi quvvatlardan foydalangan holda, ishlab chiqarish-sotish zanjirida yanada yuqori o'rinlarga ko'tarish imkoniyati mavjud bo'ldi.

Bularning barchasi qishloq xo'jaligi sohasi oldiga yangi vazifalarni hal etish muhimligini qo'ymoqda. Xususan, qishloq xo'jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag'laridan foydalanish  samaradorligini  oshirish, elektr energiya harajatlarini kamaytirish sohasini modernizatsiya qilish, paxta etishtiruvchilarga suv etkazib beradigan  irrigatsiya tizimini ishlatish va boshqarish bo'yicha chora-tadbirlarni  amalga oshirishni davom ettirish shular jumlasiga kiradi.

Qishloq xo'jaligining amaliy tadqiqotlari va fanlari er unumdorligini oshirish, mahsulotlar, veterinariya va fitosanitariya xizmatlarining xavfsizlik tizimini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, bozor va statistika ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, barcha darajadagi kadrlar malakasini oshirish bo'yicha dasturlarni etarlicha moliyalashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Bu jihatlarbutun kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xalqaro bozorlarga etkazib berishni ta'minlash uchun mamlakat ichkarisida va bojxona chegaralarida agrologistikani yaxshilashga ham taalluqlidir. Bizningcha, boykot bekor qilingandan keyin O'zbekiston mahsulotiga bo'lgan talabning prognozlashtirilayotgan o'sish sharoitida paxta tannarxiga ta'sir darajasini, jumladan ichki va xalqaro narxlar nisbatini puxta tahlil qilishni talab etadi.

Klaster xo'jaliklari va fermerlarning mahsuldorligini oshirish doirasida ular o'rtasida yuqori motifvatsiyasini saqlash muhim ahamiyatga ega. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan foydalanishga berilgan er uchastkalariga mulkdorlarni rag'batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish kerak. Bu qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilishni jadallashtirish va uning raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi.

SHu bilan birga, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi mahsulotlarini dunyoning ko'plab mamlakatlariga eksport qilish hajmini oshirish mexanizmi sifatida Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadga muvofiqdir.

Umuman olganda, boykotning bekor qilinishi mamlakatimiz to'qimachilik va tikuvchilik korxonalarining eksport ko'rsatkichlariga ijobiy  ta'sir ko'rsatadigan  ko'plab muammolarni hal etish imkonini beradi. endilikda tadbirkorlar va eksportchilarni yangi sharoitlarda qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni joriy etish uchun katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi.

 

Aktam HAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o'rinbosari