Mazkur namoyish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2021-yil 13-yanvardagi topshirigʻiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari uchun tashkil etildi.
Namoyishdan avval “Oʻzbekkino” MA Bosh direktori birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev soʻzga chiqib, filmlar haqida qisqacha toʻxtaldi. Bundan tashqari, Agentlikning yangi loyihalari, tarixiy janrdagi kartinalar haqida gapirdi. Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv tashrif buyurganlarda iliq taassurot qoldirdi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati