Nashrda taʼkidlanganidek, Oʻzbekistondagi bukmekerlik kontoralari faoliyati va lotereya oʻyinlarini tashkil etish vazifalariga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi masʼul etib belgilandi.

“Hujjatda, shuningdek, banklar uchun fuqarolarning qimor oʻyinlari bilan shugʻullanuvchi platformalar hisoblariga transchegaraviy oʻtkazmalarini taqiqlash vakolati berilmoqda, — deyiladi materialda. — Bundan tashqari, firibgarlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Markaziy bankka tijorat banklariga noqonuniy operatsiyalarda gumon qilinayotgan hisobvaraqlardan foydalanishni uch kun muddatgacha vaqtincha cheklash toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar berish vakolati berildi”.

“Asia-plus” AA, shuningdek, Oʻzbekistonda sport oʻyinlariga pul tikish va har qanday bukmekerlik faoliyati taqiqlanganini maʼlum qilgan.