Mazkur ko'rik-tanlovning hududiy tuman (shahar) viloyat bosqichlari iyul-avgust oylari davomida yuqori saviyada o'tkazildi. Ko'rik-tanlovda jami 2000 nafardan ortiq ijodkor yoshlar ishtirok etishgan bo'lib, ular orasidan 500 nafardan ziyod ishtirokchi ko'rik-tanlovning viloyat bosqichida qatnashishdi.
Ushbu ko'rik-tanlovning viloyat bosqichida 1-2-3-o'rinlarni qo'lga kiritgan ishtirokchilar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmalari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alar hamda diplom bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritishdi.