баннер
30 Mar 2025
15:39

    Reklama huquqini buzgani uchun “Ucell” jarimaga tortildi

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan olib borilgan monitoringlarda “COSCOM” MCHJ (“Ucell”) tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda boʻrttiruvchi maʼno ifodalanganlik holatlari aniqlandi.

    Qayd etilishicha, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “COSCOM” MCHJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarima qoʻllanildi.

    Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

    Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech