Ushbu bino “Kinochilar uyi” deb nomlandi.  Kino majmuasi hududida filmlarni namoyish qilish uchun bir nechta kinozal, shuningdek, filmlarning premyerasini oʻtkazish uchun moʻljallangan 1890 oʻrinli Katta kino va konsert zali mavjud.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligida boʻlib oʻtgan matuob anjumanida taʼkidlanganidek, bugungi kunga kelib kinoteatrda keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda:  bino zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanmoqda. Bu yerda ulkan kino zali, konferensiyalar va tadbirlar uchun zal ochiladi. Ammo kinoteatrda Kino tarixi muzeyi ham boʻladi. Muzey ekspozitsiyasida milliy kino sanʼati paydo boʻlgan birinchi kundan buyon toʻplangan noyob asarlar va eksponatlar mavjud. Taʼkidlash joizki, kapital rekonstruksiya binoning modernizm davriga oid meʼmoriy koʻrinishiga taʼsir qilmagan. Kinoteatr fasadining koʻrinishi saqlab qolinadi.

Ochilish marosimida jahon va milliy kinoning mashhur yulduzlari: 400 ga yaqin xorijlik kinoijodkor va dunyoning 37 mamlakatidan 55 nafar taniqli kino yulduzlar ishtirok etishadi. Marosimga Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, AQSH, Hindiston, Italiya, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya singari davlatlardan  mashhur kinoijodkorlar ham tashrif buyurishadi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali nomi bilan ham  mashhur boʻlgan Toshkent xalqaro kinofestivali 1968-yildan 1997-yilga qadar Davlat kinematografiya qoʻmitasi va Kinoijodkorlar uyushmasi tomonidan oʻtkazilib kelingan.

Festivalda har yili mashhur rejissyorlar, aktyorlar va boshqa kinoijodkorlar ishtirok etib kelishgan. “Ipak yoʻli durdonasi” deb nomlangan afsonaning qayta tiklanishi nafaqat vaqt oʻtishi bilan sodir boʻlgan transformatsiyani, balki Oʻzbekiston kinoindustriyasida ham tub oʻzgarishlar sodir boʻlganini anglatadi.