“Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–412-son, 26.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra:
▫️2023-yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Moʻynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
▫️Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
▫️aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari koʻriladi.
Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat koʻrsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy taʼminot uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinadi.