Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga, respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda boqilayotgan otlar bosh soni 255 mingga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 mingga koʻpaygan.

Respublikadagi jami otlarning xoʻjaliklar boʻyicha ulushi:

76,4 foiz - dehqon xoʻjaliklari;

18,9 foiz - fermer xoʻjaliklari;

4,7 foiz - qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar.