Eʼtiborlisi, u 1 million kishini platformada eng tez yiqqan shaxs sifatida tarixdan joy oldi. Bu uchun unga 1 soat yetarli boʻldi. Avvalgi rekord K-Pop qoʻshiqchisi Jenni Kimga tegishli boʻlib, u oʻzining bir millioninchi obunachisiga ega boʻlish uchun 7 soat vaqt sarflagan.

Ronalduning kanali iyul oyida roʻyxatdan oʻtgan, biroq birinchi video chorshanba kuni chop etilgan.

“Kutishga barham beramiz! Nihoyat, mening YouTube kanalim bor! Obuna boʻling va bu yangi sayohatda menga qoʻshiling”, – deb yozdi Krishtianu ijtimoiy tarmoqlarda.

Ronaldu besh karra “Oltin toʻp” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi gʻolibi sanaladi. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempionati (2016) va Millatlar Ligasi (2018/19) musobaqalarida zafar quchgan.