Dori vositasi iyun oyida Belarusga joʻnatilgan, yaqin vaqt oraligʻida Qozogʻistonga yetkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari qiziqish bildirgan.
«Avifavir» joriy yil 29-mayda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan va u «Favipiravir» faol taʼsir etuvchi moddalarni oʻz ichiga olgan koronavirusga qarshi dunyoda birinchi doriga aylangan.
U koronavirus infeksiyasining oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha uslubiy tavsiyalari roʻyxatiga kiritilgan. «Avifavir» klinik sinovlarda samarali ekanini isbotlagan va koronavirusning koʻpayish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega.
Tabletka shaklida mazkur dori vositasi nisbatan arzon va koronavirus bilan zararlanishning dastlabki bosqichlarida davolash imkonini beradi.