Vaktsinani sinovdan o'tkazish uchun 50 nafar harbiy xizmatchi, shu jumladan besh nafar ayol tanlangan. Ularning salomatligi tekshirilib, suhbat o'tkazilgan.
Sinovlarni 48-markaziy ilmiy-tadqiqot instituti bazasida o'tkazish rejalashtirilgan. U erda ilgari ebola va YAqin SHarq sindromiga qarshi vaktsinalar o'rganilgan edi.
Harbiy ko'ngillilarning birinchi guruhi ekspertiza va sinovga tayyorgarlik ko'rishi uchun 3 iyun kuni belgilandi.