“Qoʻlda boshqarish” tartibida ishlaydigan yangi mexanizmga koʻra, endilikda qurilish kompaniyalari yoki viloyatlar rahbariyati maʼlum bir obyekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Rossiya Qurilish vazirligiga murojaat qiladi.

Shu munosabat bilan, xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasida qulay roʻyxatdan oʻtishi va soliq toʻlashi uchun “MIGRANT SERVIS” mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga borayotgan fuqarolarning mobil ilovadan foydalanishi maqsadga muvofiq.

Mobil ilovaning oʻzbek tili versiyasi ham mavjud.

Mobil ilovani yuklab olish shu yerdan yuklab olish mumkin.