Unda shahardagi transport harakatini tartibga solish boʻyicha ishlab chiqilayotgan konsepsiya koʻrib chiqildi.
Rossiyaning “SIMETRA” kompaniyasi Samarqand shahri va shaharning 40 km radiusidagi hududida transport harakatini tartibga keltirish boʻyicha reja ustida ishlamoqda.
Bugun viloyat hokimligining barcha tegishli boshqarmalari, shahar trasnport rejasini ishlab chiqishga biriktirilgan mutaxassislar hamda SIMETRA kompaniyasi vakillari ishtirokida loyiha yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtadi.