Moʻmin-musulmonlar shu yilning 13-apreldan 13-mayga qadar haftada yetti kun, kunda 24 soat davomida oʻzlarining roʻza tutish bilan bogʻliq sharʼiy savollariga javob olishlari mumkin boʻladi (ibodat vaqtlaridan tashqari).

Xabarda aytilishicha, buning uchun 24 soat davomida quyidagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi: 99-649-84-44, 99-643-84-44.