Jumladan, Yangi 4-aylanma suv qabul qilish kollektori (KVK-4) qurildi. 3 dona LAROX PF60 press filtri, 20 ta maydalagich, 30 ta gʻalvir, 2 ta MSHS va MSHR tegirmoni va 11 ta yangi nasos-gidrotsiklon uskunasi oʻrnatilib, ishga tushirildi.
Yangi 3-suv tortish kompleksi foydalanishga topshirildi. 4 ta ishchilar oshxonasi kapital taʼmirlandi. 2022-yilda ham qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, 24 ta yangi nasos-gidrotsiklon uskunasi, 22 ta yangi konsentrator, 114 ta yangi flotatsiya uskunasi va 4 ta yangi quyultirgich oʻrnatilishi koʻzda tutilmoqda.
Oʻtgan yili amalga oshirilgan ishlari natijasida fabrikada rudadan mis ajratib olish darajasi 84,62 foizga yetkazildi, deyiladi “Olmaliq KMK” AJ axborot xizmati xabarida.