Ruhiy zoʻriqish vaqtida koʻpchilik odatdagidan koʻproq ovqat yeyishadi va tarkibida shakar va yogʻ miqdori yuqori boʻlgan, kaloriyali taomlar isteʼmol qilishadi. Bunday ovqatlanishning sababini tushuntirish uchun olimlar surunkali stress holatidagi sichqonlarning miyasini oʻrganishdi.

Tadqiqotda ishtirok etganlar ikki guruhga boʻlindi, ularning yarmi ikki hafta davomida yogʻ miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar bilan, ikkinchi yarmi esa bir xil ratsion asosida oziqlantirildi. Tadqiqotchilar jonivorlar miyasining turli qismlari surunkali stressga turli xil parhezlar qanday javob berishiga alohida eʼtibor qaratishdi.

Ular miyaning epitalamik hududida joylashgan kichik hudud boʻlgan xabenula yogʻli mahsulotlar bilan oziqlangan stressdan xoli sichqonlarda faol ekanligini payqashdi. Mutaxassislar bunday mexanizm jonivorlarni ortiqcha ovqatlanishdan himoya qilish uchun ishga tushadi, degan xulosaga kelishdi.

Biroq sichqonlar surunkali stressga duchor boʻlganida, miyaning bu qismi harakatiz boʻlib qoldi, bu ularga toʻyganlikni tartibga soluvchi signallarga javob bermasdan zararli ovqat yeyishni davom ettirishga imkon berdi, deb xabar beradi lenta.ru.