Suhbat davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida oliy darajadagi oʻzaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Quvonarlisi, 2025-yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich boʻldi.

“Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida suhbatlashib oldik.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman“, — deydi Saida Mirziyoyeva.