Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va hududiy boshqarmalar mutaxassislari respublikamiz aholisiga anomal sovuq kunlari fuqarolar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning koʻpayishi mumkinligini inobatga olgan holda quyidagilarni maʼlum qiladi.
Bugungi kunda koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz kechmoqda. Shu sababli bemorlarda tana harorati yuqori boʻlmasligi, isitmalash davri bir kundan uch kungacha davom etishi, baʼzi insonlarda tana harorati umuman koʻtarilmasligi mumkin.
Bunday holatlarda COVID-19 infeksiyasini PSR testi, ekspress testlar yordamida organizmga tushgan yoki tushmaganligini bilish mumkin.
Hurmatli fuqarolar agarda siz yoki oila aʼzolaringizda shamollash belgilari kuzatilsa zudlik bilan yashash hududingizdagi oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat etishingiz tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, oʻzboshimchalik bilan dori vositalarini isteʼmol qilmaslikni eslatib oʻtamiz.
Siz yoki oila aʼzolaringizda koronavirus kasalligiga gumon boʻlsa shifokor tavsiyasi bilan zudlik bilan koronavirusga test topshirishingiz zarur.
Koronavirusga PSR-test topshirish uchun hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomtligi boʻlimlariga murojaat qilishingiz mumkin.