“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

    Ushbu qoʻshimcha qatnovlar shu yilning 2-3-noyabr kunlari Samarqand shahrida “SAMARQAND MARATHON 2024” xalqaro yugurish musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan yoʻlga qoʻyilmoqda.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 2-3-noyabr kunlari Samarqand shahrida “SAMARQAND MARATHON 2024” xalqaro yugurish musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 1, 2, 3, 4-noyabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

    Samarqand 10:20 — Toshkent 12:40

    776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi

    Toshkent 14:10 — Samarqand 16:28