2022 yilning 14 — 18-sentyabr Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan ShHT a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig’ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 767/768-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarining harakati 2022-yilning 12-sentyabr kunidan 18-sentyabr kunigacha 7 ta reysga yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi vaqt oralig’ida harakatlanadi.

767-sonli "Samarqand — Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd "Samarqand" vokzalidan soat 11:08da jo‘nab, "Toshkent-Markaziy" vokzaliga soat 13:18da yetib boradi.

768-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishidagi poyezd "Toshkent-Markaziy" vokzalidan 13:40da jo‘nab, "Samarqand" vokzaliga soat 15:48da yetib boradi.