Alisher Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbai, barhayot ma'naviy sarchashmalardan biri hisoblanadi. Olti asrga yaqin muddatda turkiy tafakkur karvoniga sarbonlik qilib kelayotgan ushbu mutafakkir shoir va benazir shaxsning hayot maslagi, tengsiz tafakkur dahosi va har bir satri oltinga teng bo'lgan asarlari odamiylikning oliy sabog'idir. SHoir asarlaridagi umuminsoniy va barhayot g'oyalar ushbu badiiy ijod namunalarini talqin va tadqiq etish barcha zamonlar uchun dolzarbligini ko'rsatadi.

Joriy yilning 19 oktyabr` kuni ­Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarorning O'zbek tili bayrami arafasida e'lon qilinganida ajib bir ramziylikni ko'raman. Bu ramziylik mumtoz o'zbek adabiy tilida ulug' ijodiy kashfiyotlar qilgan, turkiy xalqlar adabiyotining bosh manbai bo'lgan Hazrat Navoiyga ehtirom, eng avvalo, o'zbek tiliga, o'zbek madaniyatiga ehtirom ekanida namoyon bo'ladi.

Qarorda buyuk shoirning abadiyatga daxldor asarlarini o'rganish, ularning mukammal nashrini tayyorlash masalalari bilan birgalikda navoiyshunoslik ilmining keyingi rivojlanish bosqichlariga ham tizimli va ilmiy jihatdan asoslangan holda yondashilgan.

 SHuningdek, Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o'rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo'shgan mahalliy va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy ijodiy muassasalarni taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordenini ta'sis etish yuzasidan taklif kiritilishi navoiyshunos olimlar uchun ham muhim rag'bat namunasi bo'ldi. Jahon tajribasiga ko'ra, orden va medallar davlatchilik tarixida muhim o'rin egallagan sarkardalar, davlat arboblari nomi bilan ta'sis etiladi. Alisher Navoiy ordenining ta'sis etilishi yangi ­O'zbekiston o'z davlatchilik taraqqiyotini ilm-ma'rifat va ma'naviy yuksalish bilan chambarchas belgilayotganining yorqin ifodasidir.

SHu bilan birga, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid ­qo'lyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari ko'rilishi navoiyshunoslar oldida ulkan mas'uliyat turganini ham eslatadi. CHunki yangi nusxalarni o'rganish, talqin va tadqiq etish ishlari adabiyotshunoslikning yangi-yangi ufqlari ochilishiga imkon yaratadi.

Bu qaror boshqa ilmiy markazlar qatori Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritayotgan olimlarni ham ilhomlantirib, mas'uliyatini o'n chandon oshirdi. CHunki ona tilimiz va xalqimiz shuhratini olamga yoygan qaysi ulug' ajdodimizning hayot yo'liga nazar tashlamaylik, Samarqand shahri, Samarqand muhiti, Samarqand maktabi bu zotlarning umr yo'llarida muayyan maqomga ega ekaniga guvoh bo'lamiz. Odam ush-shuaro Rudakiy va Imom Buxoriydan boshlab sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug'bekkacha, Mavlono Abdurahmon Jomiy va Xoja Ahror Valiydan tortib, Mir Alisher Navoiy hamda Mirzo Boburgacha o'z qismatini Samarqand taqdiri bilan mushtarak, deb bilgan, ilm-fan, dinu diyonat, madaniyat va san'atning beshigi bo'lgan bu muqaddas makonga hamisha o'z ehtiromlarini izhor etib turgan. O'z navbatida, Samarqand ahli va Samarqand maktabi namoyandalari bu ulug' zotlarning shuhratini olamga yoyishga baholiqudrat hissa qo'shgan.

SHu jihatdan, milliy ma'naviyatimizning yalovbardori, o'zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Mir Alisher Navoiyning hayoti va faoliya­tini o'rganishda samarqandlik olimlarning hissasi beqiyos. Alisher ­Navoiyning siyosiy faoliyatini yorituvchi ilk tarixiy manba ­Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa'dayn va majmai bahrayn” asari bo'lsa, uning ijodiy faoliyati va shoirlik salohiyati haqida qimmatli ma'lumot beruvchi ilk manba muallifi samarqand­lik boshqa bir shoir va olim Davlatshohning “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasidir.

Samarqandlik bu ikki olim hali Mir Alisher hayotligi paytidayoq navoiyshunoslikni boshlab bergan va ushbu an'ana asrlar davomida boshqa olimlar tomonidan izchil davom ettirib kelinmoqda.

XX asrning birinchi choragidan navoiyshunoslik fanning alohida tarmog'i sifatida shakllana boshladi. Kamoli qoniqish bilan qayd qilish lozimki, ­Alisher Navoiy haqidagi dastlabki maqola va tadqiqotlar aynan Samarqand ilmiy va adabiy maktabi namoyandalari tomonidan yaratildi.

Navoiyga munosabat, Navoiy shaxsiga ehtirom sho'rolar zamonida birdan ijobiy tus olgan emas. Ayrim olimlar “Navoiy kabi saroy shoirlarining uslub­lari asrimiz zavqiga ham, ehtiyojiga ham tamomila yaroqsizdir”, degan fikrda bo'lgan paytda Abdurauf Fitrat va Vadud Mahmud kabi millat fidoyilari ­Navoiyga “o'zbek shoirlarining bobosi”, Navoiy yashagan davrga esa adabiyotimizning “birinchi oltin davri” deb haqqoniy baho berishga jur'at qilganlar.

Keyinchalik bu jarayonga Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa'diy, Vohid ­Abdullaev qo'shilib, Samarqandda tom ma'nodagi navoiyshunoslar maktabiga asos soldilar. Sadriddin Ayniy tojik tilida “Alisher Navoiy” monografiyasini yaratish barobarida “Xamsa”ning qisqartirilgan nashrini tayyorlagan bo'lsa, Abdurahmon Sa'diy Navoiy ijodining umumfalsafiy va badiiy mahorati masalalarini o'z doktorlik dissertatsiya­sida asoslab berishga harakat qilgan. Ayniqsa, alloma Vohid Abdullaevning “Navoiy Samarqandda” nomli tadqiqoti o'z davrida katta voqelik hisoblanib, bugungi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda.

Vohid Abdullaev tadqiqotida Alisher Navoiyning Samarqandda to'rt yil yashagani, Samarqand va Movarounnahrning qator shoirlari va olimlari bilan ijodiy muloqotda bo'lgani, Samarqanddan olgan taassurotlari keyingi ijodiga samarali ta'sir etib, go'zal she'r­lari va dostonlariga manba sifatida xizmat qilgani ilmiy dalillar asosida isbotlab berilgan. V.V.Bartol`d va boshqa sharqshunoslar bu davrda Samarqandda ilm-fan, madaniyat inqirozga yuz tutgan, Hirotda esa, aksincha, rivoj­langan, degan fikrni ilgari surishgan.

 V.Abdullaev o'z tadqiqotida aniq fakt va dalillar asosida XV asrning 50-60 yillarida Samarqandda madaniy-adabiy muhit ancha jonlangani, aksincha Abusaid mirzo davridagi Hirot ziddiyatlar o'chog'iga aylanib qolgani, shu bois, ilm va adabiyot namoyandalari Hirotdan Samarqandga intilganlarini isbotlab bergan.

Bu ustozlarning davomchilari ­Sodiq Mirzaev, Botirxon Valixo'jaev, Rahmonqul Orzibekov va boshqalarning tadqiqotlarida ham Navoiyning shaxsiyati, ijodi va dun­yoqarashining turli qirralari tadqiq etildi. Sodiq Mirzaev o'z nomzodlik dissertatsiyasida Navoiy aruzi haqida tadqiqot olib borib, aruz vaznining zamoni o'tgani, “shoirlar endi aruz vaznidan eskilik sarqiti sifatida tezroq qutulishlari lozim” ma'nosidagi “bashorat” va “ko'rsatma”lar berilayotgan davrda Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari hamda lirik merosining kulliyotini tadqiq etdi. Navoiyning xizmatlari natijasi o'laroq, aruz turkiy tilga to'liq moslashtirilgani, bu vazn tizimi o'zbek tilining fonetik va fonologik tarkibi o'zgarmasdan kelishida muhim rol` o'ynaganini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

“Navoiy lirikasiga vazn ko'rsatkichi” deb nomlangan dissertatsiya ilovasi 147 betdan iborat bo'lib, unda adabiyotshunoslikda birinchi marta Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiruvchi to'rt devonning har biridagi lirik janrning vazn xususiyatlari o'rganilgan. Ushbu ko'rsatkichlar keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy”ning akademik nashri uchun asos qilib olindi.

Akademik Botirxon Valixo'jaev ijodining o'qtomirini Navoiy mavzusi tashkil etadi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Adabiyotshunoslikni mumtozlik darajasiga ko'targan zahmatkash olim deyarli barcha tadqiqotlarida Navoiyning shaxsiyati, hayoti va faoliyatiga munosabat bildirib kelgan.

Bu xulosa, kuzatuv va umumlashmalar keyinchalik ikki jildlik “O'zbek adabiyoti tarixi” o'quv qo'llanmasi, Xoja Ahror Valiy haqida yozilgan “Buyuk ma'naviy murshid”, shuningdek, “Mumtoz siymolar” kitobida o'z aksini topdi. B.Valixo'jaev uchun Navoiy nomi Samarqanddek aziz va tabarruk. Bu ikki tushunchani bog'lovchi har qanday dalil, har qanday kichik detal` olimning diqqat markazidan chetda ­qolmadi.

“Muloqot” jurnalida e'lon qilingan “Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari” maqolasida Navoiy Samarqandda ta'lim olgan madrasalar haqida ma'lumot berilgan bo'lsa, “O'zbek adabiyoti tarixi” kitobida Navoiy va Samarqand adabiy muhiti masalasi yangi faktik materiallar va xulosalar bilan boyitildi.

Rahmonqul Orzibekov o'z tadqiqotlarida Navoiyning boy va betakror badiiy-­estetik olami, bu muazzam ijodkorning keyingi davr adabiy jarayoniga ko'rsatgan ijobiy ta'siri, Navoiydan ilhomlangan shoir va adiblarning ijodiy merosi tadqiqiga e'tibor qaratdi. Bu tadqiqotlar Samarqand ilmiy muhitidagi qiyosiy adabiyotshunoslikning rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Tarixiy manbalardan ma'lumki, Alisher Navoiy ulkan mutasavvif shoir Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini olti yoshida yod olib, umr bo'yi uning ta'sirida yurgan va oltmish yoshlarida, ya'ni umrining oxirida “Lison ut-tayr” asarini yozib, ustozga chuqur ehtirom ko'rsatgan.

Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o'rganish masalasi ham samarqandlik olimlarning doimiy diqqat markazida bo'lgan. Q.Muhiddinov, X.Doniyorov, U.Sanaqulov, I.Nosirov, Z.Hamidov kabi tilshunos olimlar Navoiy asarlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishga o'z hissalarini qo'shdilar. Xususan, Xudoyberdi Doniyorov 1960-yillarning oxirida navoiyshunoslikning eng muhim qismlaridan biri bo'lgan Alisher Navoiy asarlarining tili va uslubi masalalarini keng ko'lamda tadqiq etishni boshlab berdi.

1968 yilda qalamga olingan “Navoiy tilining dialektal asoslarini o'rganish masalasiga doir” mavzusidagi maqolasida olim Alisher Navoiy asarlarining qaysi turkiy lahja va shevalarga asos­langani masalasini batafsil tahlil etadi. Navoiy o'z asarlarida tez-tez qayd qilganidek, uning asarlari “Xitodin to Xuroson”ga qadar tarqalgan turkiy el, urug' va xalqlarning barchasi uchun umumiy bo'lgan adabiy tilda yozilgan, shu sababli, olimning fikricha, bu adabiy tilning dialektal manbalari o'laroq Markaziy Osiyo hududida tarqalgan qarluq, o'g'uz va qipchoq lahjalari birday xizmat qilgan.

X.Doniyorovning “Alisher Navoiy va o'zbek adabiy tili” nomli ilmiy risolasida Markaziy Osiyo jug'rofiyasida XI asrda shakllangan adabiy tilning XV asrda ulug' shoir va mutafakkir tomonidan ­dunyoning eng rivojlangan va nafis adabiy tillari darajasiga olib chiqilgani, shu bois, eski o'zbek adabiy tili to XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar nafaqat o'zbek etnosi, balki boshqa qardosh turkiy xalqlar uchun ham mushtarak adabiy til vazifasini bajarib kelganligi xususidagi qarashlar olg'a suriladi.

Alisher Navoiyning tilshunoslik va uslubshunoslik borasidagi qarashlari ­X.Doniyorovning “eski o'zbek tili va qipchoq dialektlari” mavzusidagi kitobida teran tahlil qilib berilgan. Bu tahlillar yakunida olim: “Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug'atayn” nomli mashhur asari uning umri davomida qilgan ilmiy-ijodiy mehnatining samarasi, tilshunoslikka oid ilmiy-nazariy fikrlarining yakuni va natijasidir. Bu asar tilshunosligimiz uchun katta bir madaniy meros va tuganmas xazinadir”, degan chuqur mantiqiy-ilmiy xulosani chiqaradi.

Navoiy asarlari tili va uslubini o'rganishning Xudoyberdi Doniyorov bosh­lab bergan an'anasini SamDU professorlari ­U.Sanaqulov va S.Karimov davom ettirdi. Professor I.Mirzaev esa E.e.Bertel`s, V.V.Bartol`d kabi sharqshunoslarning Navoiy haqidagi asarlarini o'zbek adabiy tiliga tarjima qilgan holda keng ilmiy jamoatchilikni bu noyob va teran ilmiy asarlar bilan tanishtirmoqda.

Samarqand navoiyshunoslik maktabida kamol kasb etib, ammo Toshkent va bosh­qa shaharlardagi ilmiy markazlarda faoliyat yuritgan va yuritayotgan olimlar haqida ham ko'p va xo'b gapirish mumkin. Ularning bu sohadagi izlanish­lari va tadqiqotlarini alohida e'tirof etgan holda bemalol aytish mumkinki, mustaqillikdan keyin ijtimoiy hayotning barcha sohasida kuzatilgani kabi Samarqanddagi navoiyshunoslik maktabi ham rivojlanishning yangi pallasiga qadam qo'ydi.

Navoiy asarlari bo'yicha uchta doktorlik (M.Muhiddinov, SH.Sirojiddinov, D.Salohiy) va bir nechta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, o'nlab kitob va monografiya, o'quv qo'llanma va darslik nashr etildi. Bu yo'nalishda SH.Sirojiddinovning “Alisher Navoiy” monografiyasi 1-darajali mukofotga loyiq topilgani Alisher Navoiy siymosi va o'zbek tili bir-biriga chambarchas bog'liq mavzular ekaniga dalolat bo'ldi.

Respublika miqyosida navoiyshunoslikning dolzarb masalalariga bag'ish­langan turli ilmiy-amaliy konferentsiyalar muntazam o'tkazib kelinmoqda. Samarqand davlat universiteti filologiya fakul`tetida “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusida fundamental tadqiqot olib borilmoqda.

Fundamental loyiha ijrosi doirasida 2020 yilning 6-7 noyabr` kunlari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi oldidan “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi va ularning SHarq adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil etilishi kutilmoqda. Mazkur konferentsiyada qatnashish istagini bildirib, AQSH, Hindis­ton, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston kabi mamlakatlardan etuk olimlar maqolalar yuborgani bundan buyon jahonda O'zbekiston ilm-fanini Navoiysiz tasavvur etib bo'lmasligiga yorqin dalildir.

Qarorda belgilanishicha, kelgusi yili may oyida Samarqand shahrida ulug' shoir va mutafakkir Alisher ­Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan res­publika ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.

 SHuningdek, qarorda Hazrat Navoiyga ma'naviy ota va ustoz maqomida bo'lgan Fazlulloh Abullays Samarqandiyning maqbarasini obod qilish, ­Navoiy ta'lim olgan madrasani ta'mirdan chiqarish hamda yodgorlik lavhasi o'rnatilishi ham nazarda tutilgan.

Ushbu vazifalarni xolis va sidqidildan bajarish Samarqand adabiy muhitining navoiyshunoslik tarixi, buguni va ertasidagi mav­qeini, samarqandlik olimlar va respublikamizning boshqa ilmiy markazlarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlaydi, deb o'ylayman.

Qarorda belgilangan vazifalar samarqandlik olimlardan yanada ko'proq zahmat chekish, ilmiy xolislik mezonlari asosida yangi-yangi tadqiqotlarni amalga oshirish, Samarqandni tom ma'noda jahon navoiyshunosligining markazlaridan biriga aylantirishni taqozo qiladi.

 V.Abdullaev o'z tadqiqotida aniq fakt va dalillar asosida XV asrning 50-60 yillarida Samarqandda madaniy-adabiy muhit ancha jonlangani, aksincha Abusaid mirzo davridagi Hirot ziddiyatlar o'chog'iga aylanib qolgani, shu bois, ilm va adabiyot namoyandalari Hirotdan Samarqandga intilganlarini isbotlab bergan. Bu ustozlarning davomchilari ­Sodiq Mirzaev, Botirxon Valixo'jaev, Rahmonqul Orzibekov va boshqalarning tadqiqotlarida ham Navoiyning shaxsiyati, ijodi va dun­yoqarashining turli qirralari tadqiq etildi. Sodiq Mirzaev o'z nomzodlik dissertatsiyasida Navoiy aruzi haqida tadqiqot olib borib, aruz vaznining zamoni o'tgani, “shoirlar endi aruz vaznidan eskilik sarqiti sifatida tezroq qutulishlari lozim” ma'nosidagi “bashorat” va “ko'rsatma”lar berilayotgan davrda Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari hamda lirik merosining kulliyotini tadqiq etdi. Navoiyning xizmatlari natijasi o'laroq, aruz turkiy tilga to'liq moslashtirilgani, bu vazn tizimi o'zbek tilining fonetik va fonologik tarkibi o'zgarmasdan kelishida muhim rol` o'ynaganini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

“Navoiy lirikasiga vazn ko'rsatkichi” deb nomlangan dissertatsiya ilovasi 147 betdan iborat bo'lib, unda adabiyotshunoslikda birinchi marta Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiruvchi to'rt devonning har biridagi lirik janrning vazn xususiyatlari o'rganilgan. Ushbu ko'rsatkichlar keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy”ning akademik nashri uchun asos qilib olindi.

Akademik Botirxon Valixo'jaev ijodining o'qtomirini Navoiy mavzusi tashkil etadi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Adabiyotshunoslikni mumtozlik darajasiga ko'targan zahmatkash olim deyarli barcha tadqiqotlarida Navoiyning shaxsiyati, hayoti va faoliyatiga munosabat bildirib kelgan.

Bu xulosa, kuzatuv va umumlashmalar keyinchalik ikki jildlik “O'zbek adabiyoti tarixi” o'quv qo'llanmasi, Xoja Ahror Valiy haqida yozilgan “Buyuk ma'naviy murshid”, shuningdek, “Mumtoz siymolar” kitobida o'z aksini topdi. B.Valixo'jaev uchun Navoiy nomi Samarqanddek aziz va tabarruk. Bu ikki tushunchani bog'lovchi har qanday dalil, har qanday kichik detal` olimning diqqat markazidan chetda ­qolmadi.

“Muloqot” jurnalida e'lon qilingan “Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari” maqolasida Navoiy Samarqandda ta'lim olgan madrasalar haqida ma'lumot berilgan bo'lsa, “O'zbek adabiyoti tarixi” kitobida Navoiy va Samarqand adabiy muhiti masalasi yangi faktik materiallar va xulosalar bilan boyitildi.

Rahmonqul Orzibekov o'z tadqiqotlarida Navoiyning boy va betakror badiiy-­estetik olami, bu muazzam ijodkorning keyingi davr adabiy jarayoniga ko'rsatgan ijobiy ta'siri, Navoiydan ilhomlangan shoir va adiblarning ijodiy merosi tadqiqiga e'tibor qaratdi. Bu tadqiqotlar Samarqand ilmiy muhitidagi qiyosiy adabiyotshunoslikning rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Tarixiy manbalardan ma'lumki, Alisher Navoiy ulkan mutasavvif shoir Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini olti yoshida yod olib, umr bo'yi uning ta'sirida yurgan va oltmish yoshlarida, ya'ni umrining oxirida “Lison ut-tayr” asarini yozib, ustozga chuqur ehtirom ko'rsatgan.

Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o'rganish masalasi ham samarqandlik olimlarning doimiy diqqat markazida bo'lgan. Q.Muhiddinov, X.Doniyorov, U.Sanaqulov, I.Nosirov, Z.Hamidov kabi tilshunos olimlar Navoiy asarlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishga o'z hissalarini qo'shdilar. Xususan, Xudoyberdi Doniyorov 1960-yillarning oxirida navoiyshunoslikning eng muhim qismlaridan biri bo'lgan Alisher Navoiy asarlarining tili va uslubi masalalarini keng ko'lamda tadqiq etishni boshlab berdi.

1968 yilda qalamga olingan “Navoiy tilining dialektal asoslarini o'rganish masalasiga doir” mavzusidagi maqolasida olim Alisher Navoiy asarlarining qaysi turkiy lahja va shevalarga asos­langani masalasini batafsil tahlil etadi. Navoiy o'z asarlarida tez-tez qayd qilganidek, uning asarlari “Xitodin to Xuroson”ga qadar tarqalgan turkiy el, urug' va xalqlarning barchasi uchun umumiy bo'lgan adabiy tilda yozilgan, shu sababli, olimning fikricha, bu adabiy tilning dialektal manbalari o'laroq Markaziy Osiyo hududida tarqalgan qarluq, o'g'uz va qipchoq lahjalari birday xizmat qilgan.

X.Doniyorovning “Alisher Navoiy va o'zbek adabiy tili” nomli ilmiy risolasida Markaziy Osiyo jug'rofiyasida XI asrda shakllangan adabiy tilning XV asrda ulug' shoir va mutafakkir tomonidan ­dunyoning eng rivojlangan va nafis adabiy tillari darajasiga olib chiqilgani, shu bois, eski o'zbek adabiy tili to XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar nafaqat o'zbek etnosi, balki boshqa qardosh turkiy xalqlar uchun ham mushtarak adabiy til vazifasini bajarib kelganligi xususidagi qarashlar olg'a suriladi.

Alisher Navoiyning tilshunoslik va uslubshunoslik borasidagi qarashlari ­X.Doniyorovning “eski o'zbek tili va qipchoq dialektlari” mavzusidagi kitobida teran tahlil qilib berilgan. Bu tahlillar yakunida olim: “Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug'atayn” nomli mashhur asari uning umri davomida qilgan ilmiy-ijodiy mehnatining samarasi, tilshunoslikka oid ilmiy-nazariy fikrlarining yakuni va natijasidir. Bu asar tilshunosligimiz uchun katta bir madaniy meros va tuganmas xazinadir”, degan chuqur mantiqiy-ilmiy xulosani chiqaradi.

Navoiy asarlari tili va uslubini o'rganishning Xudoyberdi Doniyorov bosh­lab bergan an'anasini SamDU professorlari ­U.Sanaqulov va S.Karimov davom ettirdi. Professor I.Mirzaev esa E.e.Bertel`s, V.V.Bartol`d kabi sharqshunoslarning Navoiy haqidagi asarlarini o'zbek adabiy tiliga tarjima qilgan holda keng ilmiy jamoatchilikni bu noyob va teran ilmiy asarlar bilan tanishtirmoqda.

Samarqand navoiyshunoslik maktabida kamol kasb etib, ammo Toshkent va bosh­qa shaharlardagi ilmiy markazlarda faoliyat yuritgan va yuritayotgan olimlar haqida ham ko'p va xo'b gapirish mumkin. Ularning bu sohadagi izlanish­lari va tadqiqotlarini alohida e'tirof etgan holda bemalol aytish mumkinki, mustaqillikdan keyin ijtimoiy hayotning barcha sohasida kuzatilgani kabi Samarqanddagi navoiyshunoslik maktabi ham rivojlanishning yangi pallasiga qadam qo'ydi.

Navoiy asarlari bo'yicha uchta doktorlik (M.Muhiddinov, SH.Sirojiddinov, D.Salohiy) va bir nechta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, o'nlab kitob va monografiya, o'quv qo'llanma va darslik nashr etildi. Bu yo'nalishda SH.Sirojiddinovning “Alisher Navoiy” monografiyasi 1-darajali mukofotga loyiq topilgani Alisher Navoiy siymosi va o'zbek tili bir-biriga chambarchas bog'liq mavzular ekaniga dalolat bo'ldi.

Respublika miqyosida navoiyshunoslikning dolzarb masalalariga bag'ish­langan turli ilmiy-amaliy konferentsiyalar muntazam o'tkazib kelinmoqda. Samarqand davlat universiteti filologiya fakul`tetida “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusida fundamental tadqiqot olib borilmoqda.

Fundamental loyiha ijrosi doirasida 2020 yilning 6-7 noyabr` kunlari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi oldidan “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi va ularning SHarq adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil etilishi kmutilmoqda. Mazkur konferentsiyada qatnashish istagini bildirib, AQSH, Hindis­ton, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston kabi mamlakatlardan etuk olimlar maqolalar yuborgani bundan buyon jahonda O'zbekiston ilm-fanini Navoiysiz tasavvur etib bo'lmasligiga yorqin dalildir.

Qarorda belgilanishicha, kelgusi yili may oyida Samarqand shahrida ulug' shoir va mutafakkir Alisher ­Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan res­publika ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.

 SHuningdek, qarorda Hazrat Navoiyga ma'naviy ota va ustoz maqomida bo'lgan Fazlulloh Abullays Samarqandiyning maqbarasini obod qilish, ­Navoiy ta'lim olgan madrasani ta'mirdan chiqarish hamda yodgorlik lavhasi o'rnatilishi ham nazarda tutilgan.

Ushbu vazifalarni xolis va sidqidildan bajarish Samarqand adabiy muhitining navoiyshunoslik tarixi, buguni va ertasidagi mav­qeini, samarqandlik olimlar va respublikamizning boshqa ilmiy markazlarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlaydi, deb o'ylayman.

Qarorda belgilangan vazifalar samarqandlik olimlardan yanada ko'proq zahmat chekish, ilmiy xolislik mezonlari asosida yangi-yangi tadqiqotlarni amalga oshirish, Samarqandni tom ma'noda jahon navoiyshunosligining markazlaridan biriga aylantirishni taqozo qiladi.

Muslihiddin MUHIDDINOV,

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi,

“el-yurt hurmati” ordeni sohibi