Maʻlum qilinishicha, Samarqand shahridagi maktabgacha taʻlim muassasalari hamda umumiy oʻrta taʻlim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish koʻrsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotgani bois shahar hokimligi huzuridagi Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlangan.
Unga koʻra, shahardagi barcha maktab va maktabgacha taʻlim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etiladi.
Shu sababli oʻquvchilarga 27-apreldan boshlab onlayn taʻlim berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
“Muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa taʻlim berish tizimi anʻanaviy yoʻlga qoʻyiladi”, — deyiladi xabarda.