Rossiyalik mutaxassis markaz professor-oʻqituvchilari hamda Samarqand Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼul mutaxassislari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Hududiy markazda oʻqituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, oʻqituvchilar bilan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan seminarlar, rus tilini bilish darajasi oʻrganish boʻyicha olinayotgan test sinovlarini olish uchun mavjud kompyuter sinf xonalari holatini oʻrgandi.
Rossiyalik mutaxassislar bilan tuzilgan hamkorlik doirasida dastavval, joriy yilning 15-oktyabridan maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilaridan sinov testlari olinishi koʻzda tutilgan, test sinovi natijalari umumiylashtirilib 3 oy davomida viloyatdagi maktablarda rus tili fani oʻqituvchilari bilan birgalikda fanni oʻrgatishda va oʻrganishdagi ilgʻor tajribalar oʻrtoqlashilib, metodik yordam koʻrsatish shuningdek, oʻqituvchilarning bilim darajasini aniqlab, shundan kelib chiqqan holda dekabr oyi soʻnggida maxsus oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Pedagog kadrlar bilimlarini boyitishga qaratilgan mazkur davlat dasturi mutaxassisliklar boʻyicha oʻn yil muddatga rejalashtirilgan.
Xalq taʼlimi vazirligi.