Aniqlanishicha, kechki soat 16-17:00 atrofida xonadonda is gazidan zaharlanish holati yuz bergan. Vafot etganlarning eng kichigi 4 yosh atrofida boʻlgan.
Qoʻshni ayolning aytishicha, ular koʻchib ketgan, shanba–yakshanba kuni kelib, uylarini tozalab, xabar olib ketardi.
“Men kelayotganimda oʻgʻli dod-voy qilib, baqirdi. Biz kirganimizda xonani gaz qoplagan, hamma oʻlib boʻlgan edi”, — deydi u.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyotgan edi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.