Xususan, Samarqand tumani, Dashtisuxta mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.A. xonadonida "Hududgaz Samarqand" gaz ta'minoti filialiga qarashli bo'lgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda saqlanayotgani ma'lum bo'lgan.
Mazkur qoidabuzarlik holati bo'yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko'rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.