Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar O.E. va J.S. oʻzaro til biriktirib, “Mirbozor bozori” MCHJ hududida “Paynet” xizmati bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolarning plastik kartasiga jami 5,6 mln soʻm pullarni oʻtkazib, evaziga qalbaki 500 AQSH dollarini berganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik oʻtkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Shu bois, oʻzaro hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali oʻzingizni noqonuniy harakatlardan asragan boʻlasiz, — deyiladi xabarda.