Samarqandda Qoraqalpogʻiston uchun muhim hujjat imzolandi

    Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yigʻilishi ishchan va amaliy natijadorligi bilan koʻpchilikning eʼtiborini tortmoqda.

    Uning birinchi ish kunida bir qator hujjatlar imzolanib, kelishuvlarga erishilgani buning isboti.

    YTTB va “ACWA Power Wind Karatau” kompaniyasi vakillari tomonidan Nukus shahrida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha kredit shartnomasiga imzo chekildi.

    Kredit shartnomasi miqdori 19 million AQSH dollarini tashkil etadi.