Forum ishini Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev ochib berdi. Tadbirda raqamli transport koridorlarini ishlab chiqish va boshqarishda oʻzaro hamkorlik va kooperatsiyani rivojlantirish zarurligi muhokama etilyapti.
Qirgʻiziston Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri oʻrinbosari Bekjan Rismendeyev, Tojikiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari Shoista Saidmurodzoda, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi apparati rahbari oʻrinbosari Baxtiyar Mammedov, Qozogʻiston Respublikasi Transport vazirligining raqamlashtirish va davlat xizmatlari departamenti direktori Sergazi Omash, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdoni osonlashtirish va elektron biznes markazi (UN/CEFACT) raisi Syu Probert xonim ishtirok etyapti, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.